Toshkent shahrida havoni ifloslantiruvchi RM-2.5 mayda dispers zarrachasi miqdori respublikaning viloyat markaziy shaharlari ichida eng yuqorisi

Toshkent shahrida havoni ifloslantiruvchi RM-2.5 mayda dispers zarrachasi miqdori respublikaning viloyat markaziy shaharlari ichida eng yuqorisi

O‘zgidromet 15 aprel holatiga respublikaning 13 ta shahar atmosfera havosi sifati to‘g‘risidagi byulletenni taqdim etdi.

"Toshkent shahri poytaxtdagi yaxshigina yomgirdan so‘ng RM-2.5 mayda dispers zarrachasi bilan bog‘liq havo sifat darajasi boshqa shaharlar ichida eng iflosi bo‘lib turibdi.

Toshkentda nafaqat, mayda dispers zarrachalari balki uglerod oksidi konsentrasiyasi xam boshqa shaharlarnikidan ko‘ra ko‘proq. Ammo, ushbu ifloslantiruvchi modda milliy standart bo‘yicha ruxsat etilgan me’yordan pastdir...

Umuman olganda, markaziy shaharlarda havoni ifloslantiruvchi moddalar milliy standartlarimiz bo‘yicha sutkalik ruxsat etilgan me’yordan ortmaganini ko‘rish mumkin.

Qarshi shahri havosi sifati mayda dispers zarrachalardan holi, eng toza muhitini bermoqda", deyiladi Uzb_Meteo telegram-kanali xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!