Toshkent shahar IIBB fuqarolarga murojaat bilan chiqdi

Toshkent shahar IIBB fuqarolarga murojaat bilan chiqdi

Fuqarolardan quyidagilarga e’tibor qaratish so‘ralmoqda:

⁃ jamoat joylari, ko‘chalar va mahallalarda, shuningdek, ijarada yashovchi notanish va shubhali shaxslarga e’tibor qaratish hamda ular haqida zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish;

⁃ jamoat joylari va turli manzillarda qarovsiz qoldirilgan har qanday buyumni e’tibordan chetda qoldirmaslik, shubhali ko‘rindimi, darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish;

⁃ metropoliten, sport, savdo va madaniy ko‘ngilochar maskanlarga kirishda huquq posbonlarining qonuniy talabini so‘zsiz bajarish, nazoratdan e’tiroz bildirmagan holda o‘tish va jamoat tartibini saqlash, aks holda odamlar orasida g‘arazli shaxs nazoratdan o‘tmay qolishi, chetda qolib ketgan buyum esa layoqatsizlik sabab turli ko‘ngilsiz holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Tinchligimiz uchun barchamiz birdek mas’ulmiz!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!