Toqayev Ostona shahrida yuzaga kelayotgan tutun haqida gapirdi

Toqayev Ostona shahrida yuzaga kelayotgan tutun haqida gapirdi

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Ostonada gazlashtirishning sekin sur’ati tufayli atrof-muhit yomonlashayotganini aytdi, deb yozadi tengrinews.kz, Oqo‘rda matbuot xizmatiga tayanib.

Poytaxtni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezident byudjetdan katta mablag‘ ajratilgan shaharni gazlashtirish ishlari haqida gapirdi. Tokayev barqaror elektr ta’minotini ta’minlashni yana bir muhim vazifa deb atadi.

“2019 yilda “Sariarqa” gaz quvurining birinchi navbati qurib bitkazildi. Hokimiyatning vazifasi 300 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan turar-joylarni gaz bilan ta’minlashdan iborat. Hozir bor-yo‘g‘i 8 ming abonentga gaz ta’minoti tashkil etilgan. Gazlashtirish ishlari sur’ati sekinligi tufayli atrof-muhit yomonlashmoqda – ayozli kunlarda pechka isitilishi shahar bo‘ylab quyuq tutun hosil qiladi”, dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!