Tolibon Ramazon hayiti munosabati bilan uch kunlik sulh e’lon qildi

Tolibon Ramazon hayiti munosabati bilan uch kunlik sulh e’lon qildi

"Tolibon" harakati Ramazon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonda jangovar harakatlar olib borishni uch kunga to‘xtatib turishini e’lon qildi.

Xabar qilinishicha, "Tolibon" qo‘mondonligi ana shunday buyruq chiqargan.

Bunga javoban Afg‘onistonda tinchlikka erishish bo‘yicha oliy kengash raisi Abdulla Abdulla mamlakatda doimiy ravishda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘rnatilishi zarurligini qayd etdi.

Toliblar o‘tgan haftada G‘ilmind viloyati markazi bo‘lgan Lashkargoh shahri yaqinida hujum amaliyotini boshlagandi. 

Jang harakatlari AQSh va NATO kuchlari Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishni boshlashi fonida yuz berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!