«Tolibon» hijob bilan bog‘liq yangi qaror chiqardi

A A A
«Tolibon» hijob bilan bog‘liq yangi qaror chiqardi

Hujjatda ommaviy axborot vositalariga hijobni targ‘ib qilish vazifasi yuklatilgan.

Ma’lum qilinishicha, qaror 8 may kuni soat 08:00 da (Kobul vaqti bilan) e’lon qilinishi kerak. Biroq hali ommaga e’lon qilinmagan buyruqning nusxasi qo‘lga kiritilgan. Unga ko‘ra, birinchi bosqichda ochiq kiyingan yoki o‘ranmagan ayol uyining ostonasidan aniqlanadi, holat bo‘yicha uning vasiysi ogohlantiriladi.

Mazkur farmoyishning boshqa bandlarida shunday deyilgan: «Ikkinchi bosqichda uning vasiysi tegishli bo‘limga chaqirilsin, uchinchi bosqichda esa ayol vasiysi uch kun muddatga lavozimidan chetlashtirilsin. To‘rtinchi qadamda vasiyga nisbatan tegishli jazo tayinlash uchun sudga topshiriladi».

«Tolibon» buyrug‘i davlat idoralarida ishlaydigan, hijobga rioya qilmaydigan ayollarni lavozimidan ozod qilishni nazarda tutadi. Shuningdek, OAVda hijobning afzal tomoni va uni o‘ramaslik oqibatlari yoritilishi kerak.

Ma’lumot uchun: «Tolibon» mamlakat ustidan nazoratni qo‘lga kiritgach, ayollarning jamiyatdagi ishtiroki, mehnat va ta’lim olishiga cheklovlar kiritdi, bu esa milliy va xalqaro miqyosda kuchli reaksiyaga sabab bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Nimroz viloyatidagi toliblar bir qancha sotuvchilarni o‘ranmagan ayollarni do‘koniga kiritgani uchun kaltaklagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!