Tolibon: AQSh Afg‘onistondan chiqib ketishi to‘g‘risidagi kelishuv yaqin

Tolibon: AQSh Afg‘onistondan chiqib ketishi to‘g‘risidagi kelishuv yaqin

29 avgust kuni Tolibon harakati AQSh rasmiylari bilan Tolibonning ushbu mamlakat xalqaro jangarilar uchun boshpana bo‘lmasligi haqidagi va’dasi evaziga, AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilishi to‘g‘risidagi kelishuvga erishishga yaqin ekanliklarini aytishdi.

O‘tgan yil oxiridan beri Qatar poytaxti Dohada Afg‘onistonda 18 yillik urushga chek qo‘yish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. O‘tgan hafta muzokaralarning to‘qqizinchi bosqichi boshlangan edi.

«Umid qilamizki, yaqin orada biz musulmon xalqimiz uchun mustaqillikka intilayotgan yaxshi xabarlarga ega bo‘lamiz», dedi Dohadagi Tolibon siyosiy idorasi vakili Suhail Shoxin.

Muzokaralar olib boruvchi ikki manbaning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Prezident Ashraf G‘ani bilan kelishuv to‘g‘risida xabardor qilish uchun Qobulga kelishi kerak.

Aytishlaricha, qo‘shinlarni olib chiqib ketish jadvali tuzib bo‘lingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!