Tokayev Qirg‘izistonning yangi prezidentini tabrikladi

Tokayev Qirg‘izistonning yangi prezidentini tabrikladi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Sadir Japarovni Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Akorda xabar bermoqda.

Telefon orqali suhbat chog‘ida Tokayev ovoz berish natijalari Qirg‘izistonning davlatchiligini yanada mustahkamlash va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha u taklif qilgan dasturni umummilliy qo‘llab-quvvatlashidan dalolat ekanligini ta’kidladi.

Qozog‘iston Prezidenti birodar Qirg‘iziston bilan o‘zaro hamkorlikni mamlakatlar xalqlarining tub manfaatlariga javob beradigan do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhida yanada rivojlantirish yo‘lida qat’iy sadoqatini bildirdi.

Sadir Japarov Qirg‘iziston Respublikasini barqaror va ijodiy rivojlanish yo‘lida qo‘llab-quvvatlaganligi uchun davlat rahbariga va butun qozoq xalqiga minnatdorlik bildirdi.

Prezidentlar ikki tomonlama kun tartibining barcha spektri bo‘yicha birgalikda ishlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Qosim-Jomart Tokayev Sadir Japarovni Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi. Qirg‘iziston rahbari ushbu taklifni qabul qilib, prezident sifatida birinchi tashrifini Qozog‘istonga amalga oshirishini ta’kidladi. Shuningdek, u Qosim-Jomart Tokayevni parlament saylovlarining muvaffaqiyatli o‘tkazilishi bilan tabrikladi.

Qozog‘iston Prezidenti Sadir Japarovga birodar Qirg‘iziston manfaati yo‘lidagi mas’uliyatli davlat faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!