Tojikistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘xtatildi

Tojikistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘xtatildi

Hozirda Tojikiston elektr energiyasini faqat Afg‘onistonga yetkazib bermoqda, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga yetkazib berish to‘xtatilgan, deya xabar berdi Asia-plus nashri Tojikiston Energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma ma’lumotlariga asoslanib.

«O‘tgan yili mamlakatning barcha daryolarida suv oqimi kamaydi, natijada hukumat mamlakat aholisini kuz va qishda uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida eksportga cheklovlar joriy etdi», — dedi u.

2019 yil 2020 yil bilan taqqoslansa, pasayish 48 foizni tashkil etayotganligi qayd etildi.

«Hozirgi kunda Tojikistondan qo‘shni mamlakatlarga elektr uzatish liniyalari orqali minimal oqim uzatilmoqda. Bu uzatish liniyalarini bir-biriga bog‘lab turish uchun zarurdir», — deya ta’kidladi Tojikiston energetika vaziri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!