Tojikistonda o‘rtacha oylik qancha ekani ma’lum qilindi

Tojikistonda o‘rtacha oylik qancha ekani ma’lum qilindi

Tojikistonda o‘rtacha oylik maosh 2022 yil yanvar-aprel oylarida 1 ming 652 somonini (157,3 dollar) tashkil etgan. Bu 2021 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 10,2 foizga ko‘p (1 498 somoni yoki 142,6 dollar).

Tojikiston Prezidenti huzuridagi statistika agentligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, hisobot davrida Tojikistonda eng yuqori o‘rtacha oylik poytaxt Dushanbe shahrida qayd etilgan. Ya’ni, poytaxt aholisi o‘rtacha 2 ming 397 somoni yoki 228,2 dollar maosh olgan. Eng kam o‘rtacha oylik Xatlon viloyatida ekani aytilmoqda. Bu yerda ushbu ko‘rsatkich 1 ming 224 somoni (116,5 dollar)ni tashkil etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!