Tojikiston Prezidentining singlisi vafot etdi

Tojikiston Prezidentining singlisi vafot etdi

Kecha 20-iyul kuni Imomali Rahmonning singlisi Qurbonbi Rahmonova koronavirusdan vafot etdi.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning tug‘ilgan singlisi 64 yoshli Qurbonbi Rahmonova 20 iyul kuni vafot etdi. Bu haqida davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligidagi Asia-Plus manbasining xabar berishicha, Qurbonbi Rahmonova koronavirusga chalingan va u 5-sonli Dushanbe klinik kasalxonasida (Medgorodok) davolangan.

Uning dafn marosimi bugun, 21 iyul kuni Dangarda bo‘lib o‘tadi.

Tojikiston hukumati Qurbonbi Rahmonova vafoti munosabati bilan Imomali Rahmonga, oila a’zolariga va do‘stlariga hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston prezidentining rafiqasi onasi 88 yoshli O‘zbekbi Asadulloyeva 5-iyul kuni koronavirus alomatlari bilan kasallanib vafot etdi.


Batafsil ma’lumot: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210721/ushla-iz-zhizni-rodnaya-sestra-prezidenta-tadzhikistana


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!