Tojikiston Prezidentining samolyotida nega «Sadriddin Ayni» yozuvi tushirilgan?

Tojikiston Prezidentining samolyotida nega «Sadriddin Ayni» yozuvi tushirilgan?

Tojikiston Prezidenti O‘zbekistonga uchib kelgan samolyoti old qismidagi «Sadriddin Ayni» yozuvi Facebook ijtimoiy tarmog‘ining o‘zbek segmenti diqqatini tortdi va nega «Prezidentning samolyotida bunday yozuv tushirilgan?» mazmunida savollar paydo bo‘ldi.

 

alt

 

Gap shundaki,  Tojikistonning «Somon Air» aviakompaniyasiga tegishli har bir samolyotga mamlakatning qahramonlari sharafiga ularning nomi bilan berilgan.

 

Ularning soni besh nafar — Bobojon G‘ofurov, Mirzo Tursunzoda, Shirinsho Shotemur, Sadriddin Ayniy, Nusratullo Maxsum. Shuningdek, aviakompaniyaning o‘zi davlat asoschisi hisoblangan Ismoil Somoniy nomi bilan ataladi.

 

Sadriddiin Ayniy (1878-1954) — atoqli adib, jamoat arbobi va olim, tarixchi va adabiyotshunos. Tojikiston qahramoni, «Buyuk xizmatlari  uchun» (O‘zbekiston) ordeni sohibi.

Uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!