Polshada Usikning xibsga olinishiga izoh berildi

Polshada Usikning xibsga olinishiga izoh berildi

Polshada Aleksandr Usikning aeroportda qo‘lga olinishiga izoh berishdi.

"Bu qo‘lga olish emasdi, ikki erkakni rasmiy xonaga olib borish edi. Ikki erkak yo‘lovchilar qoidasini buzgani uchun reysdan olingandi.

Ular xavfsizlik xizmati xodimining ko‘rsatmalarini bajarishdan bosh tortishdi. Masalani hal qilish uchun bizni chaqirishdi.

Biz ularga nima uchun keta olishmaganini tushuntirdik, qoidalar bilan tanishtirdik. Keyin esa Ukraina konsuli keldi va barchasini tushuntirdi.

Shundan so‘ng bu erkaklar ogohlantirilgan holda, taxminan kechki soat 10 da chiqib ketishdi. Bizda bunday holatlar oldin ham bo‘lgan", - dedi Polsha chegara xizmati vakili Yasek Mixaylovskiy.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!