Vyetnam yanada kuchli “Yagi” to‘foniga tayyorlanmoqda
Janubiy Xitoy dengizi bilan chegaradosh uzun qirg‘oq chizig‘iga ega ushbu mamlakatda ko‘plab insonlarni halok qiluvchi, sanoat, ishlab chiqarish sohalari va mulkka jiddiy zarar yetkazuvchi tropik bo‘ron tez-tez uchraydi. Bu haqda “AzerTAJ” xabar berdi.
Hukumat keyingi 24 soat ichida kuchli shamol hosil bo‘lishi kutilayotganini aytdi va qirg‘oq bo‘yidagi viloyatlarni ogohlantirdi. Bo‘ron markazda kuchli yog‘ingarchilik keltirib chiqaradi.
Ta’kidlanishicha, inqiroz yo‘nalishi, tezligi va kuchi o‘zgarishi mumkin bo‘lgan murakkab shaklda rivojlanmoqda.
Vyetnam bu yil Osiyoda sodir bo‘lgan eng kuchli “Yagi” to‘fonidan qutulyapti.
Tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi ma’lum qilishicha, bo‘ron oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini va ko‘chki jami 291 insonning hayotiga zomin bo‘lgan. 38 kishi bedarak yo‘qolgani, 2000 ga yaqin odam jabrlangani ta’kidlangan.
“Reuters” yozishicha, bir necha shimoliy provinsiyalarda sanoat ishlab chiqarishi to‘xtadi, 235 ming uy zarar ko‘rdi, 300 ming gektardan ortiq sholi va boshqa ekinlar suv ostida qoldi.
Meteorologiya agentligi yangi bo‘ron markaziy Da Nang shahriga payshanba kuni kechqurun yoki juma ertalab yaqinlashishini taxmin qilyapti.
Da Nang va qo‘shni Quang Nam muzofoti ma’murlari dengizdagi kemalarni yaqinlashib kelayotgan bo‘rondan ogohlantirdi va qidiruv-qutqaruv rejasini tayyorladi.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyi birinchi haftasi oxiridan boshlab Vyetnam shimolini qamrab olgan “Yagi” to‘foni mamlakatga 1,63 milliard dollardan ko‘p zarar yetkazdi. Mutaxassislar 2024 yil milliy yalpi ichki mahsulot pasayishi mumkinligi aytishyapti.