OAV: «Mossad» «Hizbulloh» peyjerlariga portlovchi moddalar o‘rnatgan

OAV: «Mossad» «Hizbulloh» peyjerlariga portlovchi moddalar o‘rnatgan

Reuters manbalariga ko‘ra, peyjerlar «ishlab chiqarish vaqtida» o‘zgartirilgan. Isroilning «Mossad» razvedka xizmati 17 sentyabr kuni peyjer portlashlaridan bir necha oy oldin Livandagi «Hizbulloh» harakati tomonidan buyurtma qilingan Tayvanda ishlab chiqarilgan 5000 peyjerga oz miqdorda portlovchi moddalar o‘rnatgan. Bu haqda Reuters 18 sentyabr, chorshanba kuni Livan xavfsizlik xizmatidagi yuqori martabali manba va boshqa suhbatdoshiga tayanib xabar berdi. Harakat Tayvanning Gold Apollo kompaniyasiga peyjerlarga buyurtma berdi. Bir qancha manbalarga ko‘ra, uskuna Livanga bahorda olib kelingan.

Sky News Arabia manbalariga ko‘ra, peyjerlarda detonator qopqoqlarini jihozlash uchun ishlatiladigan azot kislotasi efirini o‘z ichiga olgan portlovchi modda hisoblanuvchi pentaeritrittetranitrat bo‘lgan. Portlash «Mossad» akkumulyatorlarning haroratini oshirganda sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!