Tibo Kurtua "Barselona"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Tibo Kurtua "Barselona"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua qachon maydonga qaytishi aniq emas.

Managing Madrid xabariga ko‘ra, vaziyatning rivojlanishi shifokorlar tomonidan oldindan aytib bo‘lmaydigan darajada baholanmoqda va belgiyalik jarohatidan qachon qutulishi aniq emas. Bu bir necha hafta bo‘lishi mumkin.

Shu tariqa, 30 yoshli futbolchining La Liganing 9-turi doirasidagi “Barselona” bilan o‘yindagi ishtiroki avvalgi ma’lumotlarga qaramay, so‘roq ostida qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!