«Tibbiy ko‘rikdan o‘tish bepul(mi?)»

«Tibbiy ko‘rikdan o‘tish bepul(mi?)»

Avvalroq e’lon qilingan “Tibbiy ko‘rikdan o‘tish bepul(mi?)” maqolasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Ulug‘bek Samatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga davlat muassasasida mehnat qilayotgan tibbiyot hamda maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tishi uchun davlat byudjetidan mablag‘ ajratilmayotganligi yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish va ko‘rsatib o‘tilgan kontingentni qonunlarga asosan davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni joriy etish masalasi bo‘yicha Deputatlik so‘rovi yuborilgani ma’lum qilingan edi.

Kuni kecha ushbu so‘rovga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan javob berildi.

Javob xatida Sog‘liqni saklash va Moliya vazirliklari hamda boshqa tegishli idoralar bilan birgalikda muammolarni tizimli va kompleks yondoshuv asosida bartaraf etish xamda davlat tibbiyot muassasalari xodimlarining tibbiy ko‘riklarini ularni chikimdor qilmasdan o‘tkazishning aniq huquqiy mexanizmini, tartibini ishlab chiqish va uni Hukumat qarori bilan tasdiklash masalasini ko‘rib chikilyotgani ma’lum qilingan.

Quyida O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan berilgan javob xati bilan to‘liq tanishishingiz mumkin.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!