Tezkor! “Malika” savdo kompleksida topilgan shubhali paket haqida

Tezkor! “Malika” savdo kompleksida  topilgan shubhali paket haqida

Internet tarmog‘ida Shayxontohur tumanida shubhali paket topilgan bo‘lib, uning ichidagi narsa insonlar uchun xavfli ekanligi haqida ma’lumot tarqamoqda. Mazkur fakt bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilindi.

2021 yil 17 mart kuni soat 14.40 da Tokshent shahar IIBB xodimlariga Shayxontohur tumani Kichik xalqa avtomobil yo‘lida joylashgan “Malika” savdo kompleksi hududida do‘konlardan birining yonida noma’lum shaxs tomonidan qora rangli sport sumkasi qoldirilgani haqida xabar kelib tushdi.

Ichki ishlar organlari, xususan O‘zbekiston Respublikasi IIV maxsus bo‘linmasi xodimlari jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida hududni chegaralab sumkani ko‘rikdan o‘tkazishdi. Ma’lum qilamizki, sumka ichida qonunga xilof va inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan hech narsa topilmadi.

Ko‘rilgan tezkor tadbirlar davomida sumka Yunusobod tumanidagi qurilish ob’ektida yollanma ishchi bo‘lib ishlovchi 18 yoshli J.K. tomonidan unutib qoldirilgani aniqlandi. Suhbat davomida u savdo kompleksi hududiga telefonini tuzatish uchun kelganini, sumkani esa do‘kon oldida og‘ir bo‘lgani uchun qo‘yganini, bu kimnidir qo‘rqitadi deb o‘ylamaganligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!