Tereza Mey AQSh bilan «alohida munosabatlar» haqida gapirdi

Tereza Mey AQSh bilan «alohida munosabatlar» haqida gapirdi

Buyuk Britaniya va AQSh o‘rtasidagi qalin hamkorlik munosabatlari shuni anglatadiki, har ikki davlat ma’lum bir muammolar bo‘yicha yagona pozisiyaga ega emas, ammo hamon yechimni qidirmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey CNBC’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Mey AQSh prezidenti Donald Trampning pozisiyasiga qo‘shilmaydigan qator masalalar bor, ammo bu «alohida munosabatlarni» o‘zgartirmaydi. Mey buni kelajakda ham davom ettirish istagida.

«Biz po‘lat va alyuminiyga tariflardan norozimiz, ular Yevropa ittifoqi, shu jumladan, Buyuk Britaniyaga nisbatan joriy etildi. Biz Eron yadroviy bitimi bo‘yicha boshqa fikrdamiz», - deya ma’lum qilgan Mey.

Biroq, Mey AQSh bilan munosabatlardagi «sog‘lom» belgilarga ishora qilgan. Xususan, uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlardan Buyuk Britaniyada Skripallar oilasiga uyushtirilgan hujumdan so‘ng rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilgani uchun minnatdordir. Shuningdek, u Singapurda AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In sammiti o‘tkazilgani muhimligini qayd etdi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!