Ta’ziya! O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

Ta’ziya! O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi. 

Qoraqalpog‘iston fanining yirik namoyandasi, faylasuf olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Jumanazar Bazarbayev 2020 yilning 25 sentyabrida 87 yoshida vafot etdi. 

Marhumning oila a’zolari va yaqinlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan chuqur hamdardligimizni bildiramiz. Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Jumanazar Bazarbayevning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!