Tataristonda polisiya 16 yoshli yigitni otib tashladi

Tataristonda polisiya 16 yoshli yigitni otib tashladi

Tataristonda o‘spirin pichoq bilan polisiya xodimlariga hujum qildi va o‘sha yerda otib tashlandi.

Respublika Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Kukmorskiy tumanida yashovchi 16 yoshli bola avtoturargohga yonuvchan aralashmasi bo‘lgan butilkalarni uloqtirgan. Polisiya xodimlari uni ushlamoqchi bo‘lganida, u pichoq chiqarib, ularga tahdid qila boshladi. Natijada polisiya xodimlaridan biriga jarohat yetkazdi.

Qayd etilishicha, yigit noqonuniy xatti-harakatlarni to‘xtatishdan bosh tortgan, keyin polisiya qurol ishlatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!