Tanzaniyadagi qorilar musobaqasiga 60 ming kishi yig‘ildi

Tanzaniyadagi qorilar musobaqasiga 60 ming kishi yig‘ildi

Tanzaniya poytaxti Doruassalomdagi futbol stadionda bo‘lib o‘tgan qorilar musobaqasini tomosha qilish uchun qariyb 60 ming kishi yig‘ildi, deya xabar bermoqda MSUMBA NEWS.

Musobaqani kuzatish uchun Tanzaniya prezidenti Jon Pombe Magufuli va turli mamlakatlardan nufuzli mehmonlar keldi.

Musobaqada birinchi o‘rin senegallik Muhammad Mujabaga, ikkinchilik Nigeriyadan kelgan Faruq Yaqubga, uchinchi o‘rin esa tanzaniyalik Shamsiddin Husayn Aliga nasib etdi. Barcha sovrindorlarga pul mukofoti topshirildi.

Qatnashchilar orasida yagona qoriya tanzaniyalik 12 yoshli Sumayya Abdulloh bo‘ldi. Maxsus pul mukofotini unga mamlakat prezidenti taqdim etdi.

Tanzaniyada aholining 60 foizi nasroniylardan, 36 foizi musulmonlardan iborat, qolgan 4 foiz aholi turli dinlarga e’tiqod qiladi.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!