Tanishing! Dunyoda eng qimmat pulli yo‘llar reytingi

Tanishing! Dunyoda eng qimmat pulli yo‘llar reytingi

Avstraliyaning Budget Direct sug‘urta kompaniyasi dunyodagi eng qimmat pulli yo‘llar reytingini e’lon qildi.

Reytingga ko‘ra, dunyoda eng qimmat pulli yo‘l AQShdagi Pensilvaniya magistrali (I-76, Interstate 76) hisoblanadi.

Qayd etilishicha, Pensilvaniya magistralida yo‘l yurish narxi 112,91 dollarni tashkil etadi. Magistral uzunligi 580 kilometrga teng bo‘lib, u Pensilvaniya shtatini kesib o‘tadi.

Avstriyadagi Grossglokner yo‘li eng qimmat pulli yo‘llar ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa joylashdi – yo‘l haqi 45 dollar.

Pulli yo‘llarning o‘rtacha narxi bo‘yicha mamlakatlar ro‘yxatini esa Shveysariya boshqarmoqda - 26,5 dollar.

Ikkinchi o‘rinda Avstriya - 16,29 dollar, uchinchi o‘rinda esa Farer orollari joylashdi - 16,28 dollar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!