Taksichi kar bitiruvchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘ldi

Taksichi kar bitiruvchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘ldi

Leningrad viloyatida migrant taksichi bitiruvchilar bayramidan (“Alie parusa”) so‘ng kar maktab bitiruvchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Tojikiston "Nevskiye novosti" nashriga asosan xabar qildi.

Bu holat 23 iyundan 24 iyunga o‘tar kechasi Kudrova shahrida sodir bo‘ldi.

Seshanba, 25 iyun kuni 48 yoshli erkak 17 yoshli qiziga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari sodir etilgani haqida ariza bilan polisiyaga murojaat qildi.

Arizada yozilishicha, qiz maxsus maktabni tamomlagani va u bitiruvchilar tantanasidan so‘ng “Yandeks. Taksi”da uyga qaytayotgan bo‘lgan.  

Shaharning Quruvchilar shoh ko‘chasida joylashgan 20/2-sonli uy qarshisida taksi haydovchisi qizga tegajonlik qilishni boshlaydi. Ta’kidlanishicha, qiz uyga qochib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Polisiya xodimlari gumonlanuvchining shaxsini aniqlashdi. Oq rangli Hyundai Solaris mashinasi 24 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi boshqaruvida bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda qirg‘izistonlik qidirilmoqda, jinoyi ishni qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!