Tailandda COVID-19ga qarshi emlanishdan bosh tortganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Tailandda COVID-19ga qarshi emlanishdan bosh tortganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Tailandning Buriram provinsiyasi gubernatori buyrug‘iga ko‘ra, COVID-19 infeksiyasiga qarshi emlanishdan bosh tortish jinoiy javobgarlikka tortilish uchun asos bo‘ladi.

Buyruqqa muvofiq vaksina olishni rad qilgan fuqarolar yirik miqdordagi jarimaga tortiladi yoki ikki yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Buriram gubernatori Txatchakon Xattxattxayakun imzolagan mazkur buyruq kecha e’lon qilingan. Buyruqda vaksinasiyada ishtirok etishdan yoki shifokor talablarini bajarishdan bosh tortganlik uchun jarimalar miqdori ham belgilangan.

Buriram Tailandning vaksinasiyada qatnashishni rad qiluvchilar jazolanuvchi ilk provinsiyasi bo‘ldi, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!