Tahlil: Oziq-ovqat mahsulotlari uchun harajatlar o‘rtacha oylik ish haqining 56 foizini tashkil etadi

Tahlil: Oziq-ovqat mahsulotlari uchun harajatlar o‘rtacha oylik ish haqining 56 foizini tashkil etadi

Picodi.com tahlilchilari 52 mamlakatda o‘rtacha oylik maosh miqdorini taqqoslashdi hamda bu mamlakatlardagi o‘rtacha maoshga ishlovchi ishchilar guruhining 8 asosiy guruhga kiruvchi iste’mol mahsulotlarini olish imkoniyatlarini o‘rganishdi.

Tekshirishlar davomida analitiklar 8 asosiy iste’mol mahsulotlaridan iborat shartli iste’mol savatchachini yaratishdi. Savatchaga kirgan mahsulotlar: non, sut, tuxum, guruch, go‘sht, sabzavotlar hamda mevalar.

Ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlarning katta odam organizmi uchun talab etiladigan uglevod, oqsil, mineral tuzlarni o‘zida saqlaydigan miqdori asos qilib olindi. Ushbu mahsulotlarning narxlari xalqaro bozorda ham doimiy kuzatib boriladi.

Qozog‘istonda ro‘yxatdagi mahsulotlardan tashkil topgan o‘rtacha iste’mol savatchasi 20 914 tanga (55$)ni tashkil etdi.

sut (10 l) 2694 tenge ($7)

non (10 qolipli non 500 gr.lik) 913 tenge ($2)

guruch (1,5 kg) 394 tenge ($1)

tuxum (20 dona) 570 tenge ($1,5)

pishloq (1 kg) 1875 tenge (okolo $5)

tovuq va mol go‘shti (6 kg) 9466 tenge (okolo $25)

mevalar (6 kg) 3055 tenge ($8)

sabzavotlar (8 kg) 1947 tenge ($5)

2019 yilning 1 yanvaridan Qozog‘istondagi o‘rtacha oylik ish haqi 42 ming 500 tanga ($112)ni tashkil etadi. (37 253,40 tenge($98) o‘rtacha maoshning soliq to‘lovlaridan tashqari miqdori).

Tanlangan mahsulotlar uchun sarf-harajatlar qo‘lga olingan o‘rtacha oylik maoshning 56,1% foizini tashkil etdi.

Ushbu miqdor bilan Qozog‘iston tahlil qilingan 52 mamlakat ichida 48-o‘rinni egalladi.

Ushbu tahlilda mamlakatimiz ishtirok etgani to‘g‘risida hozircha ma’lumot yo‘q.

ca-news.org


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!