Tabiatga mehr qo‘ygan DXX chegara qo‘shinlari xizmatchilari (+video)

Tabiatga mehr qo‘ygan DXX chegara qo‘shinlari xizmatchilari (+video)

Tabiat Yer yuzidagi jamiki tirik mavjudot uchun muqaddas go‘shadir. Tabiat ularni to‘ydiradi, kiydiradi, issiq va sovuqdan asraydi. O‘z navbatida tirik mavjudot, insonlar ham tabiatga mehr qo‘yadi.

Quyidagi videoda Surxondaryo viloyati DXX chegara qo‘shinlari xizmatchilarining ona tabiatga mehri ajoyib tarzda tasvirlangan. Vatan sarhadlari dahlsizligi bilan birga, tabiatga, hayvonlarga hamnafaslikni unutmagan bu o‘g‘lonlar o‘z qismlarida bir juft kiyiklar parvarishi bilan shug‘ullanishga vaqt topishmoqda. Bu xayrli ishda ularning farzandlari ham yelkadosh bo‘lishganki, tabiat va inson uyg‘unligining ajib bir ko‘rinishidan dillar quvonadi.

Bugun tabiatning bu mo‘’jizakor jonivori kiyik odamlar orasida. Aniqrog‘i, tabiatga mehri bo‘lakcha chegarachilar qaramog‘ida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!