Surxondaryodagi o‘rmon xo‘jaligida yirik yong‘in sodir bo‘ldi​​​​​​​

Surxondaryodagi o‘rmon xo‘jaligida yirik yong‘in sodir bo‘ldi​​​​​​​

Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. FVV xodimlari yuzaga kelgan yong‘inni tezkorlik bilan bartaraf etdilar Bu haqda FVV rasmiy kanali ma’lum qildi.

Yong‘in Sherobod tumanidagi “Qiziriq” o‘rmon xo‘jaligi hududidagi “Gurimbuloq” tog‘li maskanida sodir bo‘lgani aytilmoqda. Quruq o‘t yonishi sababli hosil bo‘lgan yong‘in 50 ga atrofidagi maydonni qamrab olgan.  

Ofatga qarshi kurashga Surxondaryo viloyatining bir necha maxsus texnikasi hamda o‘nlab shaxsiy tarkibi safarbar qilindi.  

Shuningdek, yong‘inni bartaraf qilishda FVDT ga kiruvchi boshqa xizmatlar xodimlari ham yaqindan ko‘maklashdilar. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!