Surxondaryoda koronavirusga chalingan 40 yoshli erkak vafot etdi

Surxondaryoda koronavirusga chalingan 40 yoshli erkak vafot etdi

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashagan 40 yoshli T.X. (erkak)da 12 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor gipertoniya hamroh kasalligi bilan ham og‘rigan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, terminal o‘pka shishidan vafot etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!