Suriyada yetti kishi vabodan vafot etdi

Suriyada yetti kishi vabodan vafot etdi

Suriyada 53 kishi vabo bilan kasallangan, 7 kishi vafot etgan.

“Mamlakatda vabo bilan kasallanganlarning umumiy soni 53 nafarga yetdi... vabodan vafot etganlar soni yetti nafarga yetdi”, — deya xabar bermoqda SANA agentligi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.

Aleppo, Al-Hasek, Dayr-az-Zor, Latakiya va Damashq viloyatlarida vabo epidemiyasi qayd etilgan.

Avvalroq, 10 sentyabr kuni Suriyada vabo epidemiyasi qayd etilgani ma’lum bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!