Sudanda yana ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi

Sudanda yana ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi

Cobiq prezident Umar al-Bashirning hokimiyatdan chetlatilishi va o‘tish davri hukumatining tuzilishi e’lon qilingandan beri, Xartum ko‘chalarida minglab sudanliklar norozilik namoyishlari bilan to‘planmoqdalar. Namoyishchilar Oliy sud raisi va bosh prokurorning sobiq prezident bilan yaqin aloqalari tufayli iste’foga chiqishni talab qilmoqda. Bu haqida BAAda joylashgan «Al Arabiya» axborot agentligi xabar bermoqda.

Sudanning turli xil demokratiya tarafdorlari kuchlaridan tashkil topgan Sudanning «Ozodlik va o‘zgarish uchun alyans» harakati o‘tgan oyda harbiylar va namoyishchilar tomonidan tashkil etilgan hozirgi o‘tish davri fuqarolik-harbiy hukumati ustidan bosim o‘tkazish maqsadida «Millionlar marshi»ga qo‘shilishga chaqirdi. Namoyishchilar Bosh prokuror va Oliy sud raisi lavozimiga siyosiy xolisligi bilan tanilgan odamlarni tayinlanishni talab etmoqdalar.

Sudan Kasaba uyushmalari uyushmasi rahbari Ahmad Rabi: «Sudan inqilobi nafaqat prezidentni almashtirish yoki yangi vazirlarni tayinlash, balki Sudan davlatini isloh qilishga qaratilgan. Shu sababli, davlatning fuqarolik va sud apparati boshida eski tuzumga mansub mansabdor shaxslarning bo‘lishi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi».

Avvalroq, o‘tish davri hukumati namoyishchilar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarni mamlakatdagi ikkita yuqori sud lavozimiga tayinlashni rad etgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!