Sud Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni ikkita jinoiy ish bo‘yicha oqladi

Sud Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni ikkita jinoiy ish bo‘yicha oqladi

Sud Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni ikkita jinoiy ish bo‘yicha oqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, gap maktab qurilishida mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, shuningdek, chet el fuqarolariga noqonuniy pasport berish holatlari haqida bormoqda.

Almazbek Atambayev kriminal boshliq Aziz Batukayevni ozod qilish paytidagi korrupsiyada ayblanib, 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sobiq prezident, shuningdek, korrupsiya, noqonuniy boyib ketish, 2019 yilda qarorgohga bostirib kirish chog‘ida tarafdorlari tomonidan hokimiyatni tortib olishni tashkillashtirish va maxsus kuchlar askarini o‘ldirishda ayblangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!