Sud prezidentdan niqob taqishni talab qildi

Sud prezidentdan niqob taqishni talab qildi

Braziliya federal sudyasi prezident Jair Bolsonaroga poytaxt Braziliya shahrida jamoat joylarida yuz niqobini taqish bo‘yicha mahalliy qoidalarga rioya qilishni buyurdi.

Sudya Renato Koelyo Borellining so‘zlariga ko‘ra, Bolsonaro "milliy shov-shuvlarga sabab bo‘lib boshqa odamlarda kasallik tarqalishiga olib kelmasiligi kerak".

O‘tgan dam olish kunlarda prezident turli jamoat yig‘ilishlarida niqobsiz ko‘ringach sud shunday qarorga kelgan.

Braziliya federal okrugi virus tarqalishini nazorat qilish uchun odamlardan jamoat niqoblarini kiyishini talab qilmoqda. Ushbu qarorni bajarmaslik kunlik 390 AQSh dollari (3,9 million so‘m) miqdorida jarima solishga olib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!