Suaresning «Yuventus»dagi maoshi «Barsa»dagidan kammi?

Suaresning «Yuventus»dagi maoshi «Barsa»dagidan kammi?

«Barselona» forvardi Luis Suares tez orada «Yuventus» futbolchisiga aylanadi. Urugvaylik futbolchi shaxsiy shartnomasi masalasida Turin klubi bilan kelishuvga erishdi, deb yozadi Marca. 

Manbaning xabar berishicha, Suares «Yuventus» bilan «2+1» ko‘rinishidagi shartnomaga imzo chekadi. 33 yoshli forvardning Italiyadagi yillik maoshi barcha soliqlardan tashqari sof 10 million yevroni tashkil etadi. Qayd etilishicha, futbolchiga bu miqdordagi maoshni tayinlashda Ispaniyadagi soliq qonunidan farqli ravishda Italiyadagi soliq tizimi qo‘l kelgan. 

Futbolchining «Barsa» bilan amaldagi shartnomasini bekor qilish ishlari cho‘zilayotgani bois, Suaresning Turinga kelishi kechikmoqda.

O‘tgan mavsumda urugvaylik futbolchi klublar darajasida 36ta o‘yin o‘tkazib, 21ta gol urgan va 12ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, Suares «Barselona»da yillik 25 million yevro maosh olardi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!