Sovet limuzini 26 million rublga sotuvga qo‘yildi

A A A
Sovet limuzini 26 million rublga sotuvga qo‘yildi

1950 yilda ishlab chiqarilgan Sovet ZIS-110 limuzini auto.ru portalida 26 million rublga sotuvga qo‘yildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Avtomobil egasining ta’kidlashicha, ZIS-110 - urushdan keyingi 1945 yildan 1958 yilgacha ishlab chiqarilgan birinchi sovet avtomobili. Limuzin 140 ot kuchiga ega olti litrli dvigatel bilan jihozlangan.

Egasining so‘zlariga ko‘ra, avtomobilni Tver shahridan olib ketish mumkin, holati juda yaxshi. Sotuvchining ta’kidlashicha, bir necha yil oldin avtomobil Moskvada to‘liq ta’mirdan o‘tgan va yo‘l harakati xavfsizligida ro‘yxatga olingan.

Avtomobilning yurgan masofasi - 30 ming kilometrni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!