Sodiq Safoyev O‘zbekiston regbi federasiyasi raisligiga qayta saylandi

Sodiq Safoyev O‘zbekiston regbi federasiyasi raisligiga qayta saylandi

Bugun O‘zbekiston regbi federasiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston regbi federasiyasi raisi Sodiq Safoyev, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, Sport o‘yinlari buyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Jasur Akramov, shuningdek, federasiyaning Ijroiya qo‘mitasi, viloyatlardagi vakillari, murabbiylar shtabi va sportchilar ishtirok etishdi. Konferensiyada federasiyaning o‘tgan davrdagi hisoboti ko‘rib chiqilib, rahbariyat tarkibi shakllantirib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!