"Sizga haqiqatni aytaman": Shvarsenegger rus xalqi va Putinga murojaat qildi (VIDEO)

"Sizga haqiqatni aytaman": Shvarsenegger rus xalqi va Putinga murojaat qildi (VIDEO)

Amerikalik kinoaktyor, davlat va siyosat arbobi Arnold Shvarsenegger Ukrainadagi urush haqidagi haqiqatni aytish uchun ruslarga murojaat qildi. U 17 mart kuni «Rossiya xalqiga xabar» sarlavhali videomurojaatni e’lon qildi.

«Rossiya xalqining kuchi va yuragi meni doim ilhomlantirgan. Shuning uchun ham sizga Ukrainadagi urush va u yerda bo‘layotgan voqealar haqida haqiqatni aytib berishga ruxsat berasiz degan umiddaman. Hech kim ularning hukumati haqida qandaydir tanqid eshitishni yoqtirmaydi... Men hammasini tushunaman.Ammo, rus xalqining azaliy do‘sti sifatida sizga aytayotgan gaplarimni eshitasiz degan umiddaman”, dedi Shvarsenegger.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shunday paytlar bo‘ladiki, jim turolmaysiz.

"Hukumatingiz sizga bu Ukrainani denasifikasiya qilish uchun urush deb aytayotganini bilaman. Ukrainani denasifikasiya qilishmi? Bu to‘g‘ri emas. Ukraina asli yahudiy bo‘lgan, otasi, bundan tashqari, uchta aka-ukasi fashistlar tomonidan o‘ldirilgan prezidenti bor davlatdir...", dedi Gollivud yulduzi.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina bu urushni boshlamagan. Bu Kremlda boshlandi.

«O‘tgan hafta BMTning 141 ta davlati Rossiyani tajovuzkor deb tan olish uchun ovoz berdi va Rossiya qo‘shinlarini zudlik bilan olib chiqib ketishga chaqirdi... Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari tufayli dunyo Rossiyadan yuz o‘girdi», — dedi aktyor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hukumati o‘z fuqarolariga bu urushning mamlakat uchun oqibatlari haqida aytmaydi, minglab halok bo‘lgan rus askarlari haqida xabar bermaydi.

"Men rus xalqi va Ukrainadagi rus askarlarini bularning barchasi tashviqot va dezinformasiya ekanligini tushunishga chaqiraman... Va men prezident Putinga aytaman: bu urushni siz boshlagansiz, bu urushni olib borayapsiz, bu urushni to‘xtata olasiz", dedi Shvarsenegger.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!