Sirdaryoda maktab direktori o‘qituvchilarni majburan ishlatdi

Sirdaryoda maktab  direktori o‘qituvchilarni  majburan ishlatdi

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi 9-maktab o‘qituvchilari maktab direktori tomonidan majburiy mehnatga jalb qilingani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Mehnat vazirligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqilgan. O‘rganish natijasida 9-sonli maktab direktori o‘qituvchilarni maktab hovlisi va atrofiga tozalash ishlariga majburiy tarzda jalb etgani aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha maktab direktoriga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi (Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash) 1-qismiga asosan, bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

https://t.me/mehnatvazirligi/7090


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!