Sirdaryoda chiroyli avtoraqam onlayn auksionda 100 million so‘mdan oshiq narxga sotildi

Sirdaryoda chiroyli avtoraqam onlayn auksionda 100 million so‘mdan oshiq narxga sotildi

Sirdaryo viloyatiga tegishli bo‘lgan 20 | 002 OOO chiroyli avtoraqami 18 yanvar kuni o‘tkazilgan onlayn savdolarda 100 million so‘mdan oshiq narxga sotildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi "Tovar-xom ashyo birjasi" xodimi tomonidan «Sirdaryo Xabarlari»ga xabar berildi.

Qayd etilishicha, mazkur avtoraqamning boshlang‘ich narxi 66 900 000 so‘m bo‘lgan. Yakuniy natijalarga ko‘ra 97 674 000 so‘m bo‘lgan va 5% avtoraqam narxiga qo‘shimcha vositachilik yig‘imi ham to‘langan. Jami narxi 102 million so‘mdan oshgan.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur avtoraqamni kim harid qilganligi to‘g‘risida xabar berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, chiroyli avtoraqamlarning onlayn-auksioni O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi ko‘magida avtoraqam.uzex.uz saytida o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!