Sirdaryoda 21 yoshli ayol sobiq jinoyatchi tomonidan o‘ldirildi

Sirdaryoda 21 yoshli ayol sobiq jinoyatchi tomonidan o‘ldirildi

Joriy yilning 18 iyun kuni vaqtincha Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida ijarada yashagan 21 yoshli O‘.A. ismli ayolning jasadi qotillik alomatlari bilan uyidan topilgan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni marhuma O‘.A.ning tanishi Mirzaobod tumani Bog‘iston mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan 26 yoshli A.I. rashk oqibatida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!