Shveysariyada 2019 yil uchun prezident saylandi

Shveysariyada 2019 yil uchun prezident saylandi

2019 yil uchun Shveysariya prezidenti etib moliya vaziri va Shveysariya xalq partiyasi raisi Ueli Maurer saylandi. Bu haqda Basler Zeitung nashri xabar berdi. 

Maurer nomzodini byulletenlari haqiqiy deb topilgan 209 deputatdan 201 nafari qo‘llab-quvvatlagan. Ta’kidlanishicha, bu natija Shveysariya prezidenti saylovlarida qayd etilgan eng yaxshi natijalardan biridir. 

Maurer ikkinchi marta mamlakat prezidenti etib saylanmoqda. Uning birinchi muddati 2012 yilga to‘g‘ri kelgan. 

Shveysariya prezidenti hukumat a’zolari o‘rtasida “tenglar orasida birinchi” tamoyiliga ko‘ra tanlanadi. Har bir vazir 7 yil ichida kamida bir marta prezident bo‘ladi.

Shveysariya prezidenti davlat rahbari hisoblanmaydi, chunki rahbar vazifalarini Federal kengashning barcha a’zolari birgalikda bajaradilar. Biroq prezidentning ovozi hukumat darajasidagi masalalarni muhokama qilishda hal qiluvchi hisoblanadi.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!