Shvesiya: karantindan voz kechish xato bo‘ldimi?

Shvesiya: karantindan voz kechish xato bo‘ldimi?

Shvesiya Yevroittifoq mamlakatlari ichida o‘zini-o‘zi izolyasiya qilish rejimini joriy etmagan va maktab hamda jamoat maskanlarini yopmagan yagona davlat bo‘ldi. 

Shvesiyaning bosh epidemiologi Anders Tegnell o‘zi taklif qilgan karantindan voz kechish strategiyasi ko‘plab o‘limlarga sabab bo‘lganini ilk marta tan oldi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda. 

«Agarda bu kasallik bilan bugungi bilimlarimizga ega bo‘lgan holda to‘qnashganimizda, biz Shvesiya va dunyoning boshqa mamlakatlari tanlagan usul orasini tanlagan bo‘lardik», — dedi Tegnell.

«Shved demokratlari» partiyasi raisi Jimmi Akesson epidemiologning fikri o‘zgarganini «g‘aroyib» deb atadi. 

«Bir necha oy davomida barcha tanqidlar bostirildi. Shvesiya hammasini to‘g‘ri qilyapti, butun dunyo noto‘g‘ri qilyapti. Endi esa bunday deyapti», — deb yozdi u Twitter sahifasida.

Shvesiya Yevroittifoq mamlakatlari ichida o‘zini-o‘zi izolyasiya qilish rejimini joriy etmagan va maktab hamda jamoat maskanlarini yopmagan yagona davlat bo‘ldi. 

Milliy strategiyaga ko‘ra, qancha ko‘p odam kasallikka chalinsa, aholida koronavirusga shuncha tez immunitet hosil bo‘ladi. Ushbu strategiyaning muallifi esa Tegnell bo‘lgandi.

Jons Hopkins universitetining ma’lumotlariga ko‘ra, Shvesiyada 38589 kishi kasallikka chalingan, 4468 kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!