Shubhali karaokeda 14 nafar fohisha qo‘lga tushdi: 3 nafari o‘zbekistonlik

Shubhali karaokeda 14 nafar fohisha qo‘lga tushdi: 3 nafari o‘zbekistonlik

Olmaotada polisiyachilar biznes markazlaridan birining 10-qavatida joylashgan karaoke xonasini yopishdi. Polisiya xodimlari "ish joyida" 14 nafar yengil tabiatli qiz va 3 nafar Janubiy Koreya fuqarosini qo‘lga olishdi.

Bu shubhali joy "choy-kofe" tamoyiliga binoan ishlagan, ya’ni mijoz "choy"ni tanlaganida, qiz karaokeda qo‘shiq kuylab, mijozni mehmonni xushnud qilgan. Agar kod so‘zi "kofe" bo‘lsa, qiz, asosan, Janubiy Koreya va Xitoy fuqarolari bo‘lgan mijozlar bilan «chuqurroq munosabatga kirishgan».

Qo‘lga olingan 14 qizdan uch nafari O‘zbekiston fuqarosi. Shuningdek, bittasi Rossiya Federasiyasi fuqarosi, qolganlari esa qozog‘istonlikdardir.

Shuningdek, bu joyning administratori, ilgari fohishalik bilan shug‘ullanganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan 1985 yilda tug‘ilgan M. ham qo‘lga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!