Shoxruh Aminov Navoiy viloyati prokurori etib tayinlandi

Shoxruh Aminov Navoiy viloyati prokurori etib tayinlandi

O‘zbekiston Bosh prokurorining 2018 yil 3 noyabrdagi buyrug‘iga asosan Shoxruh Aminov Navoiy viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

SH.Aminov 1981 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002- yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004 yilda Samarqand shahar prokuraturasida boshlagan. Samarqand viloyat prokuraturasi organlarida turli vazifalarda, 2014 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Toshkent viloyat prokurorining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Navoiy viloyati prokurori Xidir Karimov Qoraqalpog‘iston prokurori etib tayinlangani ma’lum qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!