Shols: "NATO davlatlari o‘zlarini Rossiya bilan urushayotgan deb hisoblamaydi"

Shols: "NATO davlatlari o‘zlarini Rossiya bilan urushayotgan deb hisoblamaydi"

Germaniya kansleri Olaf Sholsning aytishicha, NATO davlatlari o‘zlarini Rossiya bilan urushayotgan deb hisoblamaydi va u bilan qarama-qarshilikka intilmayapti.

Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

“Biz o‘zimizni Rossiya bilan urushayotgan deb hisoblamaymiz va Rossiya bilan qarama-qarshilikka intilmaymiz”, — deya Shols so‘zlarini keltiradi manbaa.

Shu bilan birga, u alyans mamlakatlari Ukrainadagi mojaroga “NATOni jalb qilish”ga qaratilgan har qanday urinishlarga qarshilik ko‘rsatishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!