Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri rossiyalik hamkasbi bilan uchrashdi
Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Choe Son Xui seshanba kuni rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashib, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Vazirlikning ta’kidlashicha, ikki bosh diplomat Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi «hozirgi keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga muvofiq» aloqalarni rivojlantirishni muhokama qilgan.
Choe ayni damda Rossiyaga tashrif buyurmoqda. Uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi rejalashtirilmagan.
Ukrainada urush boshlanganidan beri ikki davlatning yuqori martabali amaldorlari o‘rtasidagi siyosiy va harbiy aloqalar kuchaygan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)