Shayton ko‘rinishidagi Barak Obama

Shayton ko‘rinishidagi Barak Obama

Bir necha kun oldin Instagram sahifasida Barak Obamaning shayton kostyumida tasvirlangan surati paydo bo‘ldi, deya xabar berdi “planetanovosti.com”. Annemarie Hope” (Shayton cherkovlarini sevadigan inson) tomonidan joylangan bu foto tezda Internet orqali tarqaldi.

Ayni damda suratning haqiqiy yoki qalbakili haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Rasmning chap tarafida ko‘rinib turgan insonni alohida ta’kidlash joiz. Zero, bu inson 2008 yilgi saylovlarda Barak Obamaning tarafdorlaridan biri bo‘lgan Artur Davisdir.

Surat ostiga yozilgan ko‘plab bir-biriga o‘xshamas sharhlarni o‘qigandan so‘ng uni joylagan ayol darhol o‘chirib tashladi. Biroq endi kech bo‘lgandi. Vaholanki, foto butun tarmoq bo‘ylab uzatilishga ulgurgandi.

Annemarie Hope”ning ta’kidlashicha, u bu fotosuratni shunchaki joylagan. Ayol buning qattiq tortishuvlarga sabab bo‘lishini kutmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!