Shavkat Mirziyoyevning yana bir muhim qarori qabul qilindi

Shavkat Mirziyoyevning yana bir muhim qarori qabul qilindi

“O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-4861-son, 13.10.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, quyidagilar tashkil etiladi:

— O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi (Inspeksiya) tizimidagi O‘simliklar karantini ilmiy markazi negizida O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi (Markaz);

Toshkent davlat agrar universitetining Termiz, Nukus va Samarqand filialida hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Markazning zamonaviy laboratoriyalarga ega bo‘lgan mintaqaviy filiallari.

— Markaz va mintaqaviy filiallarning asosiy vazifalaridan biri respublika hududida katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan zararli organizmlarning fitosanitar xavf tahlilini o‘tkazish va ular kirib kelishining oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan fitosanitar choralar ishlab chiqish hisoblanadi. 

— 2021 yil 1 yanvardan xususiy sektor tomonidan tashkil etilgan, akkreditasiyadan o‘tgan karantin laboratoriyalari tomonidan eksportga yuklanayotgan meva-sabzavot mahsulotlariga va boshqa materiallarga xulosa berishga ruxsat beriladi.  

— 2021 yil 1 apreldan respublika hududiga xorijiy mamlakatlardan mahsulotlarni olib kirgan transport vositalari (samolyotlar, temir yo‘l vagonlari va konteynerlari, yuk avtomashinalari) yuk xonalarini karantin nazoratidan o‘tkazish va “detektor – xizmat it”laridan foydalanish hamda zarur hollarda fumigasiya qilish (zararsizlantirish) tizimi joriy qilinadi. 

— 2020 yil 1 noyabrdan o‘z hududida aniqlangan zararli organizmlar hamda fitosanitar dala nazoratini o‘tkazish to‘g‘risida Inspeksiyaga ixtiyoriy murojaat qilgan va ularning oqibatlarini bartaraf etgan shaxslar ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi. 

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:

▪️ Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filialida O‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari karantini ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha; 
▪️ barcha qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan professional ta’lim muassasalarida “O‘simliklar himoyasi laboranti” va “O‘simliklar himoyasi va karantini agronomi” kabi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. 

2020 yil 1 dekabrga qadar “e-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bazasida “daladan eksportgacha” bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi tizim yaratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!