Shavkat Mirziyoyev Yevropaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Yevropaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Federal kansler Angela Merkelning taklifiga binoan 2019 yil 20 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarining hamma sa’y-harakatlari, barcha safarlaridan maqsad bitta xalqimiz manfaatini ta’minlash. Iqtisodiy, investisiyaviy va texnologik jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega Germaniya bilan hamkorlikdan ham katta maqsadlar ko‘zlangan.

Uchrashuv va muzokarlar natijasida iqtisodiyot, moliya, investisiya, innovasiya, ilm-fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohalarida muhim hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!