Shavkat Mirziyoyev 402 nafar kishini avf etdi

Shavkat Mirziyoyev 402 nafar kishini avf etdi

Shavkat Mirziyoyev “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan 402 nafar shaxs afv etildi.

“Afv etilgan shaxslarning 128 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi, 201 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 15 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi, bir so‘z bilan aytganda 223 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinmoqda, 121 nafar shaxs probasiya organlari nazoratidan chiqarilmoqda. Shuningdek, 58 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi”, - deyilgan prezident farmoniga sharhda.

Afv etilganlarning 17 nafarini chet el fuqarolari, 26 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 63 nafarini ayol hamda 19 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!