Seysmoprognostik monitoring markazi Namangandagi gumburlashlar haqida: Bu zilzila emas

Seysmoprognostik monitoring markazi Namangandagi gumburlashlar haqida: Bu zilzila emas

Avvalroq, 14 dekabr kuni soat taxminan 10:00 da Namangan shahrida portlashga o‘xshagan qattiq gumburlash ovozi eshitilgani haqida xabar bergan edik.

Bu ovoz nafaqat Namangan shahrida, balki ayrim tumanlarda ham eshitilgani va bundan fuqarolar tashvishga tushib qolganligi haqidagi xabarlar turli ijtimoiy tarmoqlarda ham muhokamalarga sabab bo‘ldi. E’tiborlisi, bu holat birinchi marta kuzatilgani yo‘q,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Saydullo Nabiyev O‘zAga holat quyidagilarni ma’lum qilgan.

Namangandagi holat yuzasidan markazimiz, qolaversa shaxsan o‘zim surishtiruv ishlari olib bordim. Shuni aytishim kerak, 15 dekabr kuni soat 10:00 larda va undan keyin ham idoramizga yer qimirlashi, ya’ni zilzila sodir bo‘lganligini bildiruvchi hech qanday signal kelib tushmagan. Ushbu masala yuzasidan FVV Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i bilan ham bog‘landim. Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kuni boshqarmaga hech bir yurtdoshimizning gumburlash holatidan jabrlangani yoki jiddiy ziyon ko‘rganligi haqida shikoyat yoki ariza kelib tushmagan. Qolaversa, vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida O‘zgidrometrologiya markazi bilan bog‘landim. Ularning ma’lum qilishicha, gumburlash holati kuzatilgach Namangan viloyati osmonida ob-havo o‘zgarishi yoki shunga o‘xshash holat sodir bo‘lmagan.

Ta’kidlash kerakki, portlashga o‘xshagan gumburlash hamon sirligicha qolmoqda. Namangan viloyatidagi ikki gumburlashning ham sababi aniqlanmagani taajjublanarli holat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!